Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aktyor Mark Uolberg uni Mett Deymon bilan adashtirishlari haqida gapirib berdi
Amerikalik aktyor Mark Uolberg uni hamkasbi Mett Deymon bilan adashtirishlari haqida gapirib berdi, deb xabar bermoqda Extra TV.
Uolberg "Uchinchi ortiqcha", "Transformerlar: qirish davri", "Jangchi" filmlarida, Deymon esa "Oushenning 11 do‘sti", "Dono Uill Xanting", "Born identifikatsiyasi" filmlarida suratga tushgan. Ular birgalikda "Adashganlar" filmida rol ijro etishgan.
"Odamlar meni "Born identifikatsiyasi" filmida yoqtirishlarini aytishadi. Men esa ularga minnatdorchilik bildiraman", deb aytmoqda Uolberg. Uning aytishicha, Deymonga esa odamlar "Uchinchi ortiqcha" filmidagi roli yoqishini aytishadi.
Uolbergning aytishicha, uni Deymon bilan adashtirganlarni hech qachon to‘g‘rilamaydi. "Men shunchaki "Kattakon rahmat. Meni "Born identifikatsiyasi-4"da ko‘ring deb aytaman", deb ta'kidlamoqda aktyor.
Avvalroq Riodagi Olimpiadada kamonchilar bahsida kumush medalni qo‘lga kiritgan amerikalik sportchi Breydi Ellison aktyor Leonardo DiKaprioga o‘xshatilgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
15:10 / 14.12.2017
Yilning eng ishonchni oqlamagan aktyorlari ma'lum
18:36 / 02.09.2017
Mett Deymon nega Donald Tramp filmlarda ko‘p suratga tushganini tushuntirib berdi
17:54 / 22.08.2017
Dunyodagi eng ko‘p haq oladigan aktyorlar ma'lum qilindi
22:23 / 19.12.2016