Forbes jurnali 2017 yilda eng köp haq tölanuvçi aktyorlar nomini ma'lum qildi.

Röyxatning birinçi örnidan 2017 yilda 68 mln dollar işlab topgan Mark Uolberg joy oldi.

Ikkinçi poğonada Dueyn Jonson (65 mln dollar), uçinçi – Vin Dizel (54 mln dollar).

Keyingi örinlardan Adam Sendler (50 mln dollar), Jyeki Çan (49 mln dollar), kiçik Robert Dauni (48 mln dollar) va Tom Kruz (43 mln dollar) joy olgan.

Ilk önlikda Bollivud vakillari ham bor. Sakkizinçi poğonada Şoxruh Xon (38 mln dollar), undan pastki örinlarda Salmon Xon (37 mln dollar) va Akşay Kumar (35 mln dollar) qayd etildi.

Reytingda Kris Xemsvort (31,5 mln dollar), Tom Xenks (31 mln dollar) va Semyuel Jyekson (30,5 mln dollar) ham bor.

«La-la-lend» filmi yulduzi Rayan Gosling 29 mln dollar işlab topdi va Forbes röyxatining 14-örnidan joy oldi. 

Röyxatning eng oxirgi örnini 13 mln dollarlik natija bilan Mark Ruffalo egalladi.

Avvalroq Forbes jurnali 2017 yilning eng katta haq oluvçi aktrisalarini e'lon qilgandi.