Oskar mukofoti sovrindori, amerikalik aktyor Mett Deymon prezident Donald Trampning siyosiy faoliyatiga qadar bu qadar köp filmlarda köriniş berişiga nima sabab bölgani haqida sözlab berdi. The Hollywood Reporter naşriga bergan intervyusida aktyor «Tramp egalik qiluvçi biror bino, jumladan Trump Tower («Tramp minorasi») binosida suratga oliş işlarini olib borişga ruxsatnoma faqat uning kadrda köriniş berişi bilan kafolatlangani» haqida gapirib berdi.

Mettning sözlariga köra, Tramp 1992 yil suratga olingan Al Paçino iştirokidagi «Ayol ifori» filmida ham suratga tuşgan. Ammo sönggi montaj paytida u iştirok etgan lavha asosiy film kadrlaridan olib taşlangan.

«Agar Trampning biror mulkida işlaşni xohlasangiz, avvalo Donaldning öziga rol taklif qilişingiz kerak. Rejissyor Martin Brest öşa filmini suratga oliş payti bir neça soatlarni Tramp iştirokidagi lavhani tayyorlaşga sarflaydi», deydi aktyor.

Barçaga ma'lum, «Bola uyda yolğiz 2» filmida Donald Tramp kiçik Kevinga yölni körsatib yuboradi.