Rio-de-Janeyroda bölib ötayotgan Olimpiada öyinlari kumuş medali sovrindori, amerikalik kamonçi Breydi Ellisonni hollivudlik aktyor Leonardo DiKaprioga öxşatişdi. Sportçi va artistning öxşaşligiga xususan Cosmopolitan jurnali e'tibor qaratgan.

«Leo DiKaprioning egizagi Olimpiadada qatnaşmoqda», – deyiladi xabarda. «Körinişidan Leo DiKaprio rasman oltin medal uçun kuraşmoqda, men yana bitta «Oskar» haqida söz yuritayotganim yöq», – deb yozadi maqola muallifi. 

Kamondan öq uziş musobaqasida jamoasiga kumuş medalni olib bergan Ellisonni internet foydalanuvçilari maşhur aktyorning qiyofadoşi sifatida muhokama etişgan.

DiKaprioning aktyorlik mahoratini e'tiborga olgan köpçilik Ellisonni aktyorning özi deb taxmin qilişgan va DiKaprio – tarixdagi kinoakademiyasi va olimpiya medalini olgan ilk kişi bölganini aytişgan. 

2016-yil boşlarida DiKaprioning şvetsiyalik qiyofadoşi model biznesidagi faoliyatini boşlagani xabar qilingan edi.