Braziliya olimpiyachilari Hondurasni yirik hisobda yengib, finalga chiqishdi
Olimpiada-2016 doirasidagi futbol musobaqalar yarim finalida Hondurasga qarshi o‘ynagan Braziliya olimpiyachilari 6:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
O‘yinda hisob 15-soniyadayoq ochildi. Neymar Olimpiadalar tarixidagi eng tezkor gol muallifi bo‘ldi. Tanaffusga qadar jamoaning boshqa bir yetakchisi Gabriel Jyezus hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi - 3:0.
Ikkinchi bo‘limda braziliyaliklar himoyachisi Markinos to‘rtinchi golni urdi. O‘yin oxirida Honduras darvozasiga Luan beshinchi golni yo‘lladi, qo‘shimcha daqiqalarda Neymar penaltini aniq amalga oshirib, o‘yindagi yakuniy natijani o‘rnatdi.
Shu tariqa, Braziliya terma jamoasi finalga yo‘l oldi. Yarim finalning ikkinchi juftligida Nigeriya - Germaniya bahsi o‘tkaziladi.
Braziliya U23 – Honduras U23 – 6:0
Gollar: 1:0 – 1 Neymar, 2:0 – 26 Gabriel Jyezus, 3:0 – 35 Gabriel Jyezus, 4:0 – 51 Markinos, 5:0 – 79 Luan, 6:0 – 90, penalti Neymar.
Braziliya U-23 – Ueverton, Rodrigo Kayo (Luan, 58), Duglas Santos, Ze Karlos, Markinos, Uolas, Renato Augusto (Rafinya, 77), Luan, Gabriel Jyezus (Felipe Anderson, 68), Neymar, Gabriel.
Honduras U-23 – Lopes, Pas, Palasios, Vargas (Salas, 46), Espinal, Pereyra, Akosta (Banegas, 72), Garsiya, Kioto, Losano (Benavides, 46), Elis.
Ogohlantirishlar: Akosta (21), Vargas (23), Rodrigo Kayo (36), Pas (59), Palasios (62), Espinal (73).
Mavzuga oid
23:05 / 06.11.2024
Braziliyalik politsiyachi Interpol rahbarligiga saylandi
17:08 / 02.11.2024
Braziliyada kattaligi chumoliday keladigan qurbaqa topildi
09:30 / 21.10.2024
Braziliya prezidenti BRICS sammitiga parvozini bekor qildi
14:10 / 09.10.2024