Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Burkina-Faso terma jamoasi O‘zbekistonga qarshi o‘yin uchun tarkibini ma'lum qildi
Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston terma jamoasining 24 avgust kuni bo‘ladigan o‘rtoqlik uchrashuvidagi raqibi - Burkina-Faso ushbu nazorat o‘yini uchun tarkibini ma'lum qildi. Bu haqda O‘FF rasmiy sayti xabar berdi.
Burkina-Faso Toshkentdagi o‘yinga 22 nafar futbolchi bilan tashrif buyuradi. Tarkib mahalliy chempionatda ishtirok etadigan klublar vakillaridan tashkil etilgan.
Quyida Burkina-Fasoning O‘zbekistonga qarshi o‘yin uchun tashrif buyuradigan futbolchilari ro‘yxatini keltirib o‘tamiz.
Darvozabonlar: Ayme Zongo (YuSO), Boubakar Konate (YuSKO)
Himoyachilar: Yakuba Kulibali (RSB), Ismoil Hamed Savadogo (“Santos”), Tapsoba Sulaymoni (YuSO), Ismoil Zagre (“Kozaf”), Koanda Sulaymoniy (EFO), Fuseyni Beao (RSB), Armand Ismoil Ouedrago (YuSO), Herman Kayade (“Kozaf”).
Yarim himoyachilar: Edmond Faysal Tapsoba (“Salitas”), Bagbema Yusuf Barro (“Salitas”), Sakande Sulaymoniy (“Kozaf”), Ismoil Lingani (“Kozaf”), Somayla Diao (“Santos”), Sibiri Arnaud Sanao (“Ajyeb”), Amadu Ture (“Ajyeb”).
Hujumchilar: Stefan Bande (YuSO), Hassimi Barri (Yuso), Razzoq Benin (YuSKO), Abdulkarim Baguin (“Mejyestik”), Ibrohim Guigama (YuSO).
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston – Burkina-Faso o‘rtoqlik uchrashuvi 24 avgust kuni, «Paxtakor» stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 20:00da boshlanadi.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
20:35 / 16.06.2026
O‘zbekistonlik hakamlar Shotlandiya - Marokash o‘yiniga tayinlandi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
23:42 / 11.06.2026