Jamiyat | 10:52 / 17.08.2016
15138
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng uzun shisha ko‘prigi foydalanishga topshiriladi

2 avgust kuni dunyoning eng uzun shisha ko‘prigi ochiladi, deb xabar qilmoqda Sinxua agentligi.

Ko‘prikning uzunligi 430 metrni, eni 6 metrni tashkil etadi. Avvalroq ko‘prikning uzunligi 393 metrni tashkil etishi xabar qilingan edi. Ko‘prik yerdan 300 metr balandlikdan o‘tadi. Bir vaqtning o‘zida 800 kishini ko‘tara oladi. 

Boshqaruvchi kompaniyaning bayonotiga ko‘ra, ko‘prikka tashrif buyuruvchilar soni kunlik 8 ming kishi bilan cheklanadi. Rekord ko‘prik ustida sayr qilishni istovchilar bir kun oldin chiptani buyurtma qilishlari lozim bo‘ladi. 

O‘tgan yilning dekabr oyi boshlarida xabar qilinganidek, Xunan viloyati Chjantszyatsz milliy bog‘ida barpo etilgan ko‘prik 2016-yil 1-mayida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan edi. Biroq, qurilish ishlari cho‘zilib ketgan. Keyinchalik, ko‘prik iyul oyida mehmonlar uchun ochilishi aytilgan edi. 

Quruvchilar, ko‘prikning shisha qoplamasi xavfsizlik bo‘yicha 100ga yaqin sinovdan o‘tganini ta'kidlashgan. Bundan tashqari, ko‘prik havo harorati o‘zgarishi va shamolga chidamliligi bo‘yicha tekshiruvdan o‘tgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid