Jahon | 22:13 / 17.08.2016
9313
1 daqiqa o‘qiladi

Kolumbiyadagi junglida 5 tonna kokain topildi

Kolumbiya politsiyasi jungli hududida, mamlakat poytaxti Bogota shahridan taxminan 300 kilometr masofada giyohvand moddalar tayyorlanadigan maxfiy labaratoriyani aniqladi.

Amaliyot davomida hududdan 5 tonna miqdoridagi kokain moddasi topilgan.

BMT hisobotiga ko‘ra, Kolumbiyada o‘tgan yili kokain tayyorlash hajmi 40 foizga ortgan.

Biroz avvalroq, Kolumbiya hukumati giyohvand moddalar tayyorlanishiga qarshi umummilliy miqyosdagi amaliyotlar o‘tkazilishi boshlangani haqida e'lon qilgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid