Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rio-2016. Og‘ir atletika. «V» guruhi. Jangabayev - 1, Do‘smurodov 3-o‘rinni egalladi
Og‘ir atletikaning erkaklar o‘rtasidagi eng og‘ir vazn toifasida (+105 kg) "V" va "A" guruhlarida sportchilar o‘z ishtiroklarini o‘tkazishdi. "V" guruhida ikki nafar o‘zbekistonlik sportchi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Jumladan, Rustam Jangabayev dast ko‘tarishda 195 kg, siltab ko‘tarishda 237 kg. toshni o‘ziga bo‘ysundirib, jami 432 kg. natija bilan 1-o‘rinni egalladi.
Sardorbek Do‘smurodovning umumiy natijasi 411 kiloni tashkil qildi. U "dast ko‘tarish"da 179, "siltab ko‘tarish"da 232 kilo shtangani ko‘tardi va guruh vakillari orasida 3-o‘rinni band etdi.

Ikkinchi o‘rinni vengriyalik Petr Nagi egalladi. U 193+227 ko‘rinishidagi natija orqali umumiy hisobda 420 kg natijani qayd etdi.
"A" guruhi vakillari bahsida gruziyalik Lasha Talaxadze eng yaxshi natijani qayd etib (215+258=473), oltin medalga ega chiqdi. Shu bilan birga u yangi rekordni qayd etdi. Bundan oldingi rekord 2000 yilgi Sidney Olimpiadasida eronlik Husayn Rizozoda tomonidan o‘rnatilgandi (472 kg).
Ikkinchi o‘rinni armanistonlik Gor Minasyan egalladi - 451 (210+241), bronza medal boshqa bir gruziyalik Irakliy Turmanidzega nasib etdi 448 (204+241).
Ikki guruh natijalariga ko‘ra, Rustam Jangboyev o‘ninchi, Sardorbek Do‘stmurotov o‘n birinchi bo‘ldi.
Mavzuga oid
07:32 / 11.10.2025
Akbar Jo‘rayev jahon rekordini o‘rnatdi
12:10 / 19.09.2025
Jahon chempionlariga avtomobil va pul mukofotlari topshirildi
16:48 / 31.01.2025
O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasiga yangi rais saylandi
20:45 / 15.03.2024