Sport | 20:19 / 17.08.2016
17312
1 daqiqa o‘qiladi

Rio-de-Janeyroda Yevropa Olimpiya qo‘mitasi rahbari hibsga olindi

Yevropa olimpiya qo‘mitasi (YeOK) rahbari va Irlandiya Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari hisoblanadigan Patrik Xikki Rio-de-Janeyro shahrida hibsga olingan. U Olimpiada o‘yinlari uchun noqonuniy ravishda chiptalar sotishda gumon qilinmoqda. Bu haqda VVS xabar berdi.

Qayd etilishicha, 71 yoshli Xikki chiptalarni vositachilarga qimmatroq narxda sotishda gumon qilinayapti. Xikki Braziliya politsiyachilari 800ta noqonuniy chipta bilan qo‘lga tushgan shaxsni so‘roq qilishganidan keyin hibsga olingan.

Qayd etilishicha, YeOQ rahbari politsiyachilardan yashirinishga uringan, u hibsga olingach, o‘zini yomon his qila boshlagan va shifoxonaga olib borilgan.

Mavzuga oid