Jahon | 09:54 / 17.08.2016
17431
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik ekspert: Gulen omili Rossiya va Markaziy Osiyo uchun ham xavfli hisoblanadi

© AP Photo/ Selahattin Sevi

Rossiyadagi Sharqshunoslik, xalqaro aloqalar va jamoatchilik diplomatiyasi markazi direktori va turkolog Vladimir Avatkov, Gulen omilini (faktorini) Rossiya va Markaziy Osiyo uchun ham xavfli hisoblanishini aytdi

“Haqikatan ham Gulenga tegishli bo‘lgan tashkilotlar sobiq ittifoq hududida ancha ta'sirli faoliyat ko‘rsatmoqda. Gulen omili mazkur mintaqada salbiy omillardan biri bo‘lishda davom etmoqda. Ko‘pchilik ekspertlarning bu boradagi xavotirlari Turkiya davlati va turk xalqidan emas balki Gulen omili tufayli paydo bo‘layotgan edi. Turkiyada ham juda kuchli bo‘lgan ushbu tuzilma ta'lim, ichki ishlar, harbiy va xavfsizlik tizimlarida mustahkam kuchga ega hisoblangan. Gulen omili Rossiya uchun ham xavflidir. Shuning uchun ham Turkiyada mazkur tuzilmaga qarshi olib borilayotgan ishlarni qo‘llab-quvvatlash kerak”, - dedi Sputnikka bergan intervyusida Avatkov.

Maktab bitiruvchilari AQSh manfaatlariga xizmat qilmoqda

“Sobiq ittifoq hududida, jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlarida faoliyat ko‘rsatgan va Gulenga tegishli maktablarning bitiruvchilari Rossiyada ham bor. Muammo ham shunda. Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlik va munosabatlarni e'tiborga oladigan bo‘lsak, ushbu omil Rossiya xavfsizligiga putur yetkazadi. Chunki bu kabi maktablarning bitiruvchilari bilib yoki bilmagan holda Gulenga tegishli ekanligi aytilayotgan tuzilmalarning manfaatlariga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga ular AQSh manfaatlariga ham ishlashmoqda. Ushbu maktab bitiruvchilarini o‘zlari yashayotgan mamlakat manfaatlari aslo qiziqtirmaydi. Xavf ham aynan shu yerda”, deya davom etdi rossiyalik ekspert Avatkov. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid