Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ryanair aviakompaniyasi Italiya bozoriga milliard dollar investitsiya qilmoqchi
Foto: © AFP
Irlandiyaning Ryanair byudjyet aviakompaniyasi 2017 yilda Italiya bozoriga bir milliard dollar miqdorida rekord investitsiyalar kiritadi, deb ma'lum qildi Milanda kompaniya bosh direktori Maykl O'Liri.
Italiya transport va infratuzilma vaziri Grasiano Delrio ishtirok etgan matbuot-anjumanda O'Liri Ryanair’ning Italiyadagi faoliyatini rivojlantirish dasturini taqdim qildi. Dastur, shuningdek, 2017 yilda 44 ta yangi aviayo‘nalish ochish va tashiladigan yo‘lovchilar sonini yiliga 3 milliondan ko‘proqqa oshirishni ko‘zda tutadi. Bu yo‘nalishlar bo‘yicha 10 ta yangi samolyot uchadi. O'Lirining aytishicha, keyingi yilda Ryanair’ning Italiyadagi yo‘lovchilari soni yiliga 35 mln dan oshadi, bu esa mamlakat aeroportlarida 2 mingdan ko‘proq yangi ish o‘rni tashkil qilishga imkon beradi.
Buyuk Britaniyada Brexit bo‘yicha referendum o‘tkazilgandan keyin irland loukosteri rahbariyati o‘z biznesini rivojlantirishni Buyuk Britaniyadan Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlariga qaratishga qaror qilgan.
Mavzuga oid
13:29 / 13.02.2026
Olimpiada-1936 ramzi tushirilgan futbolka onlayn-do‘konda “tugab qoldi”
19:39 / 11.02.2026
Singapur Olimpiada g‘olibligi uchun to‘lovlar miqdori bo‘yicha yetakchilik qilmoqda
22:11 / 09.02.2026
Sitsiliyadagi shahar ko‘chki tufayli jar yoqasiga kelib qoldi
08:36 / 07.02.2026