Fan-texnika | 17:43 / 17.08.2016
12961
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondagi Gree kompaniyasining Toshkentda ilk konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

16 avgust kuni poytaxtimizning Wyndham Tashkent mehmonxonasida dunyoda yetakchi sanalgan maishiy va sanoat texnikalari ishlab chiqaruvchi Gree kompaniyasining tanatanali tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda Gree kompaniyasining o‘zbekistonlik va xitoylik vakillari, iste'molchilari, hamkor va dillerlari ishtirok etishdi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekistonda tashkil etilganiga ko‘p vaqt bo‘lmagan bo‘lsada, yurtimiz bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lishga ulgurgan GREE kompaniyasining hamkor va dillerlari bilan yaqindan tanishish hamda yangilari bilan hamkorlik o‘rnatish bo‘ldi.

Tadbirning rasmiy qismi avvalida kechani ochib berish uchun so‘z Gree kompaniyasini Prezidenti Dun Minchjuga taqdim etildi. Dun Minchju Xitoydan to‘g‘ridan-to‘g‘ri video murojaat orqali yig‘ilganlarga hamda O‘zbekistonlik hamkorlariga yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikdan mamnuniyati hamda minatdorchiligini izhor etib, hamkorlikning bardavom bo‘lishini tiladi.

Tadbirda Gree kompaniyaini Osiyo va Yevropa mamlakatlari buyicha savdo departamenti boshlig‘i janob Stiv Jing ishtirok etdi.

Shu o‘rinda qisqa vaqt bo‘lishiga qaramay kompaniyaning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan erishgan yutuqlari haqida to‘xtalib o‘tmoqchimiz.

Bugungi kunga qadar 20 dan ortiq xodim Xitoydagi Gree zavodida, kompaniyaning  xalkaro tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislari tomonidan o‘qitilib, bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib qaytishdi, respublikaning barcha nuqtalarida dilerlik nuqtalari tashkil etildi.

“Abu-saxiy” va “Fleshka” savdo markazlari, shuningdek “G‘uncha” markazlarda kompaniyaning firma dukonlari ishga tushirildi, kompaniya tarkibida «Servis” va “mijozlarga xizmat kursatish” markazlari tashkil etildi, va u yerga yetuk mutaxassislar jalb qilindi.

Bundan tashqari kompaniya qoshida, viloyat, bozor va korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘linmasi joriy qilindi.

Bugungi kunda kompaniyannig foydalashiga juda qulay bo‘lgan gree.uz sayti ishga tushirildi, u orqali foydalanuvchilar o‘zlarini qiziqtirgan mahsulotlarni bevosita uyida turib internet sayt orqali sotib olish imkoniyatiga egalar.

Ushbu qisqa vaqt davomida hamkorlarni jalb qilish maqsadida yirik savdo markazlarida sotuvchilar uchun turli xil aksiyalar o‘tkazildi.

Iste'molchilar uchun katta masshtabdagi aksiya tashkil kilinib, bozorlarda «demo» nuqtalar o‘rnatildi, xamda «Facebook»dagi kompaniyaning faol saxifasi orkali 10 mingdan ortiq foydalanuvchi jalb qilindi.

Kompaniya yuqorida erishganlari bilan cheklanib qolmaydi, savdo va xizmat kursatish sifatini oshirish borasida barcha sa'y-harakatlarni bosqichma-bosqich amalga oshiradi hamda Gree zavodida ishlab chiqarilayotgan yangidan yangi texnikalarni O‘zbekiston aholisiga taklif etib boradi.

Shuningdek, tadbir davomida omadli mijoz va hamkorlar aniqlanib, ulardan 12 nafariga Malayziyaga ikki kishilik yo‘llanmalar, bundan tashqari kompaniyaning qimmatbaho sovg‘alari va sertifikatlari topshirildi.

Tadbirning tantanali qismida esa mehmonlar dasturxon atrofida o‘zbek estradasining yulduzlari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Rashid Holiqov, Mavluda Asalxo‘jayeva, Rayhon G‘aniyeva hamda boshqa ko‘plab san'atkorlar ishtirokida gala-konsert tomosha qildilar.

Mavzuga oid