Oksford Internet Instituti (OII) tadqiqotçilari muloqotning yanada empatik uslubiga moslaştirilgan beşta sun’iy intellekt tizimining 400 mingdan ortiq javoblarini tahlil qildi. Aniqlanişiça, döstona javoblar köproq xatolarni öz içiga oladi - notöğri tibbiy tavsiyalardan tortib foydalanuvçilarning notöğri e’tiqodlarini tasdiqlaşgaça. BBC tadqiqot xulosalari bilan örtoqlaşdi.

Bu xulosalar köpinça jalb qilişni oşiriş uçun ataylab «insoniyroq» va jozibadorroq qilinadigan sun’iy intellekt modellarining işonçliligi haqida qöşimça savollarni keltirib çiqaradi.

Yuzaga kelayotgan xavotirlar sun’iy intellekt çatbotlari tobora köproq ma’naviy qöllab-quvvatlaş va hatto intim muloqot uçun qöllanilayotgani bilan kuçaymoqda, çunki işlab çiquvçilar ularning auditoriyasini kengaytirişga intilmoqda.

Tadqiqot mualliflarining ta’kidlaşiça, real şaroitlarda natijalar modelga qarab farq qilişi mumkin bölsa-da, umumiy tendensiya şuki, odamlar kabi, bunday tizimlar döstona ohangga ustuvorlik berib, «iliqlik va aniqlik örtasidagi murosa»ga boradi.

«Biz ayniqsa döstona bölişga yoki iliq körinişga harakat qilganimizda, ba’zan keskin haqiqatni aytişimiz qiyin böladi», dedi tadqiqotning yetakçi muallifi Lujayn Ibrohim. «Ba’zan biz döstona köriniş uçun halollik va töğrisözlikdan voz keçamiz. Agar bunday murosalar odamlarda mavjud bölsa, ular til modellari tomonidan ham qabul qilinişi mumkinligini taxmin etdik», deb qöşimça qildi u.

Ma’lumki, yangi til modellari foydalanuvçilarni haddan taşqari qöllab-quvvatlaşga va hatto xuşomadgöylikka, şuningdek, «gallyutsinatsiyalar» deb ataladigan yangi faktlarni öylab topişga moyil böladi.

Işlab çiquvçilar köpinça bunday tizimlarga ehtimoliy xatolar haqida ogohlantiriş beradilar, ba’zi texnologiya kompaniyalari esa foydalanuvçilarni sun’iy intellekt javoblariga «kör-körona işonmaslikka» çaqiradi.

Tadqiqot doirasida olimlar «nozik sozlaş» (fine-tuning) deb ataladigan jarayon orqali turli qamrovdagi beşta modelni ataylab yanada iliqroq, hamdardroq va foydalanuvçilarga döstonaroq qilişdi.

Sinovdan ötkazilgan modellar orasida Meta kompaniyasining ikkita işlanmasi va Fransiyaning Mistral kompaniyasining bitta modeli bor edi. Şuningdek, «Alibaba»ning Qwen modeli va OpenAI kompaniyasining GPT4-o modeli ham «iliqroq» uslubga moslaştirildi.