1. Antikitera mexanizmi — tarixdagi ilk analog kompyuter

Qadimgi Gretsiyaga tegişli Antikitera mexanizmi inson tarixidagi birinçi analog kompyuter sifatida baholanadi.

U Gretsiya sohillari yaqinida çökib ketgan kema qoldiqlari orasidan topilgan bölib, taxminan ikki ming yillik tarixga ega.

Bronzadan yasalgan murakkab tişli ğildiraklar tizimi yordamida uşbu qurilma Quyoş va Oy tutilişi vaqtini hisoblaş, sayyoralar harakatini kuzatiş, Oy fazalarini aniqlaş va hatto qadimgi sport musobaqalari sanalarini belgilaş imkonini bergan.

Mutaxassislar fikriça, bunday darajadagi mexanik aniqlikka ega qurilmalar faqat ming yildan ortiq vaqt ötgaç paydo bölgan.

2. Rim betoni — özini tiklay oladigan quriliş materiali

Qadimgi Rimning köplab binolari va inşootlari ikki ming yildan buyon saqlanib kelmoqda.

Buning asosiy sabablaridan biri rimliklar işlab çiqqan beton texnologiyasi hisoblanadi.

Zamonaviy tadqiqotlar mazkur beton tarkibidagi maxsus ohak zarraçalari suv bilan reaksiyaga kirişib, yoriqlarni öz-özidan töldiriş xususiyatiga ega ekanini körsatmoqda.

Olimlar bu texnologiyani örganib, uzoq xizmat qiladigan va ekologik toza quriliş materiallarini yaratişga harakat qilmoqda.

3. Petra şahrining suv tizimi

Qadimgi nabateylar çöl örtasida joylaşgan Petra şahrini rivojlangan savdo markaziga aylantirişga muvaffaq bölgan.

Buning asosida suvni yiğiş va taqsimlaş böyiça noyob muhandislik tizimi yotardi.

Nabateylar kanallar, quvurlar, suv omborlari, töğonlar va tunnellardan iborat keng tarmoq qurgan. U tizim yomğir suvlarini töplaş, toşqinlarning oldini oliş va aholini suv bilan ta’minlaş imkonini bergan.