Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OPeKning neft eksport qilish bo‘yicha yetakchi mamlakatlariga oid hisobot e'lon qilindi
Saudiya Arabistoni shu yil boshidan beri birinchi marta iyun oyida neft eksportini o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,2 foizga ko‘paytirgan. Mamlakat sutkasiga 7,4 mln barrel neftni xaridorlarga yetkazib bergan, deyiladi Joint Organization Data Initiative (JODI) hisobotida.
Saudiya Arabistonida iyun oyida kuniga 10,55 mln barrel qora oltin qazib olingan. May oyiga nisbatan o‘sish 2,7 foizni tashkil etgan.
Iroqning iyun oyidagi neft eksporti bir sutkada 3,17 mln barrelni tashkil etgan. Iroqning bu boradagi natijasi o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 0,4 foizga kamaygan. JODI ma'lumotlariga ko‘ra, iyun oyida Iroqda kuniga 4,55 mln barrel neft qazib olingan. Bu borada o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish 26,7 foizdan iborat bo‘lgan.
Eron respublikasi bir kunda 2,005 mln barrel neftni eksport qilgan. Bu davlatda bir kunda 3,61 mln barrel neft qazib olingan. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish 16 foizni tashkil etgan.
Mavzuga oid
23:30 / 07.11.2025
Saudiya Arabistoni Hindiston va Xitoy uchun neftga chegirmalar e’lon qildi
17:35 / 30.04.2025
Tramp jahonda neft narxining so‘nggi yillardagi eng katta pasayishiga sabab bo‘ldi – OAV
21:41 / 17.04.2025
Chexiya Rossiya neftiga qaramlikdan qutulganini e’lon qildi
20:44 / 07.04.2025