Xitoy kvant aloqasi sun'iy yo‘ldoshi "Mo-tszi"dan ilk axborotlarni qabul qildi
Xitoy olimlari yaqinda fazoga uchirilgan "Mo-tszi" kvant aloqasi sun'iy yo‘ldoshidan ilk signallarni qabul qildi, deb yozmoqda "Jenmin jibao".
Xitoy Fanlar akademiyasida ma'lum qilishlaricha, sun'iy yo‘ldosh uzatgan axborotlar Pekin yaqinidagi Miyun sun'iy yo‘ldoshlar boshqarmasi tomonidan qabul qilingan. Ma'lumotlar zudlik bilan Akademiyaning fazo ilmlari markaziga yuborilgan. "Mo-tszi" 7 daqiqa ichida Yerga 202 megabayt ma'lumotlarni uzatgan. Olimlar axborotlar sifatini yaxshi deb baholashgan.
Bundan avvalroq, Xitoy Fanlar akademiyasi akademigi Pan Tszyanvey, XXR 2030-yilga kelib kvant alofasining global tarmog‘ini barpo etishi mumkinligini aytgan edi.
National Business Daily nashri murojaat qilgan tahlilchilarning fikricha, yaqin besh yilda kvant aloqasidan foydalanuvchi bozor paydo bo‘lishi mumkin. Uning hajmi yiliga 50 milliard yuan (7,5 milliard AQSh dollari)dan oshishi mumkin.
Mavzuga oid
23:13 / 15.11.2024
Rossiyalik hakerlar Yevropa sun’iy yo‘ldoshlariga hujum qilmoqda
22:18 / 11.11.2024
Xitoy 15 ta sun’iy yo‘ldoshga ega tijoriy raketani uchirdi
17:59 / 11.11.2024
Yaponiyaning asosiy meteorologik sun’iy yo‘ldoshi ishdan chiqdi
17:14 / 05.11.2024