Taqdimotda ta’kidlanişiça, sönggi 5 yilda Özbekistonda masofadan zondlaş ma’lumotlariga talab 3 karra oşgan, hozir kosmik monitoring bilan 10 dan ziyod davlat idoralari va barça hokimliklar işlamoqda.

– Eng muhimi, kosmik ma’lumotlar orqali biz “köz bilan körib bölmaydigan” iqtisodiy imkoniyatlarni aniqlab, ularni real daromad manbaiga aylantiryapmiz. Bu davlat resurslarini boşqariş mexanizmi va madaniyati özgarayotganidan dalolat, – dedi prezident.

Şu bilan birga, kosmik sohada uzoq muddatli va barqaror milliy tizim – sun’iy yöldoşlarni boşqariş, ma’lumotlarni qayta işlaş va ulardan amaliyotda foydalaniş infratuzilmasini şakllantiriş muhim ekani qayd etildi. Bundan maqsad suveren va obektiv ma’lumotlar manbaiga ega bölişidir.

Qayd qilinişiça, xorijiy davlatlar tajribasi örganilib, sun’iy yöldoşning aniqligi va foydali yuklamasiga doir texnik talablar aniqlangan.

Taqdimotda ilmiy-texnologik salohiyatni oşiriş doirasida birinçi milliy ilmiy sun’iy yöldoşni yaratiş loyihasi ham körib çiqildi. Loyiha doirasida mutaxassislarni tayyorlaş va muhandislik jamoasini şakllantiriş, 2028 yilda «Mirzo Uluğbek» nomli 6U formatdagi ilmiy sun’iy yöldoşni uçiriş taklif qilindi.

Taqdimot yakunida Şavkat Mirziyoyev sun’iy yöldoş loyihalari böyiça hisob-kitob hamda amaliy takliflarni puxta işlab çiqiş böyiça mutasaddilarga tegişli topşiriqlar berdi.