Jamiyat | 17:53 / 19.08.2016
29743
2 daqiqa o‘qiladi

Kira Naytli 5 yildan buyon parik kiyib yurishini tan oldi

"Oskar" mukofoti nomzodi, britaniyalik aktrisa Kira Naytli 5 yildan buyon parik kiyib yurishini tan oldi. Bu haqida People xabar berdi

Kiraning so‘zlariga ko‘ra, u turli filmlarda suratga tushish  uchun ko‘p marta sochlarini bo‘yashiga to‘g‘ri kelgan. "Hammasi shu qadar yomonlashib ketdiki, oxir-oqibat mening sochlarim to‘kila boshladi", - deydi Naytli. 

Shuningdek aktrisa so‘nggi besh yil davomida pariklardan foydlanishiga to‘g‘ri kelganligini tan oldi.

Hozirda aktrisaning sochlari qayta tiklanmoqda, biroq ona bo‘lganligi munosabati bilan u o‘z uslubini o‘zgartirishga qaror qildi. 

"Mening sochlarim tabiatan haddan ziyod jingalak, farzandli bo‘lganimdan keyin esa ular o‘n barobar chigallashdi. Endi meni chigal sochlar muammosi qiynamoqda", - deya shikoyat qildi Naytli. 

Kira Naytli "Karib dengizi qaroqchilari", "Anna Karenina", "Xavfli usul", "Qirol Artur" kabi filmlarda bosh rollarni ijro etgan. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid