Qiş fasli — nafaqat teri va salomatlik, balki soç uçun ham qiyin davr hisoblanadi. Sovuq havo, uydagi issiq batareyalar, şamol va şapka ostida qolgan muhit — bularning barçasi soç tuzilişini zaiflaştiradi. Mutaxassislar qiş mavsumida soç parvarişiga alohida e’tibor qaratişni tavsiya qilmoqda.

Nega qişda soçlar tez zararlanadi?

Bunga sabablardan biri – sovuq havo soçni quritadi. Taşqi muhitdagi past harorat soçdagi tabiiy namlikni tez buğlantirib yuboradi. Şu sabab sovuq kunlarda soç qobiği (kutikula) oçilib ketadi va soç qurib, sinuvçan bölib qoladi. Faqat sovuq emas, uy içidagi batareyalar havoni quritişi oqibatida ham soçlar aziyat çekadi. Çunki quruq havoda soç va boş terisidagi namlik kamayadi. Mutaxassislar aytişiça, qişda soç tez qurib, mörtlaşib qolişining asosiy sabablaridan biri aynan şu.

Bundan taşqari sovuqda köpinça boş kiyimda yuriş ham biroz e’tibor talab qiladi. Şapka kiyganimizda boş terisida havo aylanişi pasayadi. Bu yoğning köpayişiga, soçning yoğlanib qolişiga va şamolda elektrlanişiga sabab böladi. Albatta, şapkasiz yuriş kasallikka sabab bölişi mumkin. Şuning uçun parvarişni kuçaytiriş soçlarni soğlom saqlaydi.

Qişda ratsionda vitaminli mahsulotlar kamaygani uçun ham soç ösişi sekinlaşadi, uning kuçli va bir tekis bölişiga ta’sir qiladi.

Qişda soçga qanday parvariş kerak?

Namlantiruvçi şampun va maskalarni tanlang. Quruq va sovuq havo ta’sirida soç tez mörtlaşadi. Şuning uçun qişda namlantiruvçi şampunlar, konditsionerlar va haftada kamida 1 marta oziqlantiruvçi maskalar qöllaş tavsiya etiladi.

Issiqdan himoyalovçi vositalarni unutmang. Qişda fenni köp işlatamiz. Şu bois issiqdan himoyalovçi spreylar soçni sinişdan saqlaydi. Fenni yuqori haroratda emas, örtaça haroratda qöllaş kerak.

Tabiiy yoğlar — eng yaxşi yordamçi böladi, masalan, argan yoği, kastor yoği, zaytun yoği va kokos yoği — qişda soçni tiklaş uçun eng samarali tabiiy vositalar hisoblanadi. Ular soçni oziqlantiradi, qalinlaştiradi va yaltiratadi.

Bundan taşqari, şapka tanlaşga e’tiborli böliş kerak, sintetik materiallar soçni elektrlantiradi. Şuning uçun tabiiy matoli şapkalarni tanlaş, içiga ipak yoki paxtali astar qöyiş foydali.