Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MSKda senator Ravshan Norbo‘tayevning vakolatini muddatidan ilgari tugatish masalasi ko‘rib chiqildi
19 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni Komissiya raisi M. Abdusalomov boshqardi.
Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, majlisda viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalarining faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tadbirlar kompleks rejasi tasdiqlandi.
Ta'kidlanganidek, tadbirlar viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalari normativ-huquqiy hujjatlarini takomillashtirishga, shuningdek saylov qonunchiligining asosiy me'yorlari va qoidalarini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgandir.
Komissiya a'zolari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a'zosi Ravshan Norbo‘tayevning vakolatini muddatidan ilgari tugatish masalasini ham ko‘rib chiqishdi.
Muhokama etilgan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
Mavzuga oid
08:25 / 22.06.2025
«Konstitutsiyaga mutlaqo zid» - AQSh qonunchilari Trampning qarorini muhokama qilmoqda
19:45 / 27.02.2025
Bog‘chalardagi holatlar yuzasidan maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga senator so‘rovi yuborildi
18:37 / 17.11.2024
Hududlardan saylangan senatorlar e’lon qilindi
15:54 / 19.08.2024