27 oktyabr kuni Özbekistonda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi hamda mahalliy kengaşlar deputatligiga saylov ötkaziladi. Saylov kampaniyasi 26 iyuldan boşlangan. Kun.uz bilan suhbatlaşgan MSK raisi örinbosari Bahrom Qöçqorovga köra, bu saylovda elektron ovoz beriş tizimi test rejimida sinab köriladi. Saylovçi qölida esa 4 byulleten böladi. Aralaş tizim siyosiy partiyalarni ham faollaştirişidan umidvormiz, deydi Qöçqorov.
MSK hisob-kitoblariga köra, taxminan 20 million saylovçi ovoz berişda iştirok etiş huquqiga ega bölmoqda. Röyxatga oliş saylovga 5 kun qolganda töxtatiladi. Bu yili parlament saylovi aralaş tizimda, ya’ni ham majoritar, ham proporsional tartibda ötadi. Qöçqorovga köra, bu kamçilik ovoz beruvçilarning fikrlarini ham inobatga olişga yordam beradi. Bundan taşqari, proporsional tartibda ovoz berişda nomzod emas, partiyalar tanlanadi. Bu esa partiyalararo raqobatni oşirişidan umidvormiz, deydi rais örinbosari.
Saylovçi 27 oktyabr kuni jami törtta byulletenni belgilaşi kerak böladi. Ikkitasi Qonunçilik palatasi deputatlarini, yana ikkitasi esa mahalliy kengaş deputatlarini saylaş uçun. Ovoz beriş jarayonlari saylov kuni ertalab soat 08:00 dan keçki soat 20:00 ga qadar davom etadi. Xorijiy davlatlarda esa mahalliy vaqt bilan şu soatlar oraliğida taşkil qilinadi.
Muddatidan avval ovoz beriş kunlari esa qonunçilikka muvofiq belgilanadi, soatlari saylovçilarning imkoniyatlaridan kelib çiqib belgilanadi.
Dunyoda elektron, poçta orqali va an’anaviy tarzda ovoz beriş usullari keng tarqalgan. Özbekistonda esa saylovçilar faqat bir usul – saylov uçastkasiga kelib, byulletenni belgilagan holda ovoz berişi kerak. MSK vakiliga köra, elektron tizim qiziq, lekin ovozlarning şaffofligi, haqqoniyligini ta’minlaş masalasi bor. Biroq bu yili elektron tizimda ovoz beriş test rejimida joriy etilişi mumkin.
Saylovlarning erkin demokratik ruhda ötişida kuzatuvçilarning örni muhim, ayniqsa xalqaro doiradagi vakillarning. MSK parlament saylovini kuzatiş uçun ham turli xalqaro taşkilotlar, saylov organlariga taklif jönatgan. Kuz oylarida dunyo böylab qator saylovlar rejalangan. Biroq xatlarimiz javobsiz qolmayapti, YeXHT, Turkiy davlatlar taşkiloti, MDH va boşqa tuzilmalarga taklif jönatdik. Jarayon davom etmoqda, deydi Bahrom Qöçqorov.
Siyosiy partiyalarning faol emasligi bilan boğliq savolni esa MSK vakili ularning öziga qoldirdi. MSK vakolatiga saylovlarni ötkaziş, taşkil qiliş kiradi. Faol böliş-bölmaslik esa partiyalarning öziga havola, deydi u.















