Markaziy saylov komissiyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridan saylangan Oliy Majlis Senati a’zolari röyxatini (.doc) e’lon qildi.
Hujjatga köra, hududlardan jami 51 nafar senator, xususan, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Sirdaryo va Xorazm viloyatlari 3 nafardan senator saylagan. Yangilangan Konstitutsiyaga muvofiq, Senat a’zolari 65 nafar bölişi, hududlardan teng miqdorda — 4 nafardan (ilgari — 6 nafardan) saylanişi kerak. MSK senatorlar soni nega kamligiga izoh bermadi.




Markaziy saylov komissiyasining qayd etişiça Senat a’zolarining 56,6 foizi 60 yoşdan kattalarni taşkil etdi. Bir nafari — 30 yoş, 41,6 foizi — 40 yoşdan 60 yoşgaça.
Senatorlar orasida Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlari ham bor.
Oliy Majlis Senatining birinçi majlisi 19 noyabr kuni çaqiriladi. Qonunçilik palatasining birinçi majlisi 18 noyabr kuni bölib ötadi.













