Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NASA yangi raketa uchun dvigatelni muvaffaqiyatli ravishda sinovdan o‘tkazdi
AQSh aeronavtika va koinot kengliklarini o‘rganish milliy boshqarmasi (NASA) SLS (Space Launch System) tashuvchi raketasi uchun RS-25 dvigateli sinovini muvaffaqiyatli ravishda o‘tkazdi. Bu haqda kosmik agentlik tvitterida ma'lum qilingan.
Aniqlik kiritilishicha, sinov jarayoni 7,5 daqiqa davom etgan. Sinov Missisipi shtati hududida, Jon Stennis kosmik markazi maydonida o‘tkazilgan.
Iyul oyida ham sinov o‘tkazilgandi.
Bundan oldinroq NASA Marsga parvozlarga mo‘ljallangan robot modeli uchun tanlov e'lon qilgan, eng yaxshi model uchun 1 mln dollar miqdorida mukofot belgilangandi.
Ma'lumot uchun, NASA 2030 yillar o‘rtalarida Orion kemasi va SLS tashuvchi raketasi yordamida insonning Marsga ilk parvozini amalga oshirishni mo‘ljallamoqda.
NASA o‘zining kosmik dasturi doirasida 2018 yilgacha Space Launch System (SLS) modernizatsiyasini yakunlashi kerak. Ko‘p martalik Orion kemasi 2011 yildan buyon ishlatilmaydigan Space Shuttle o‘rnini bosishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
07:43 / 13.03.2026
14 yil orbitada bo‘lgan NASA sun’iy yo‘ldoshi Yerga qaytmoqda
22:50 / 27.02.2026
NASA astronavtlarning Oyga qo‘nishini 2028 yilga qoldirdi
21:09 / 20.01.2026
NASA insonni Oyga yubormoqda: kosmik kema tayyorgarlikning so‘nggi bosqichiga o‘tkazildi
08:09 / 05.01.2026