Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Xillari Klintonni Angela Merkelga qiyosladi
Respublikachi Donald Tramp AQSh prezidenti lavozimiga saylovlarda o‘zining raqibi Xillari Klintonni Germaniya kansleri Angela Merkelga qiyosladi hamda Merkel vaqtida Germaniyada ko‘plab muammolar paydo bo‘lganini ta'kidlab o‘tdi.
"Xillari Klinton amerikalik Angela Merkel bo‘lmoqchi. Biz bu Germaniyaga ko‘plab muammolar yaratganini ko‘rmoqdamiz", deb aytdi Tramp va jumladan Germaniyada jinoyatchilik darajasi oshganini eslatib o‘tdi.
Tramp "AQShda shundoq ham muammolar ko‘p va ular yanada ko‘proq bo‘lishini istamaymiz", deb qo‘shimcha qildi.
Tramp bu fikrlarini Shimoliy Karolina shtatidagi tarafdorlari oldida aytib o‘tdi. U, shuningdek, "ayollar, afroamerikaliklar va turli din vakillarining huquqlarini tahqirlovchi shaxslar AQShga kirmasligi kerakligini" yana bir qaytarib o‘tdi.
Tramp, shuningdek, saylovlarda g‘alaba qozonsa, o‘z ma'muriyatidagi yuqori lavozimdagi amaldorlarga turli korporatsiyalar bilan aloqada bo‘lishni taqiqlashga va'da berdi.