Itning hamlasi natijasida 3 yoshli bolakay hayotdan ko‘z yumdi
Buyuk Britaniyada itning hamlasi natijasida halok bo‘lgan 3 yoshli bolaning tog‘asi Facebook'dagi sahifasida oila a'zolarining tasvirlab bo‘lmas darajada qayg‘uga botgani haqida so‘z ochadi. Bu haqida SkyNews xabar berdi.
Dekster Nil 18 avgust payshanba kuni o‘zining Holstiddagi (Esseks grafligi) uyi yaqinida itning hamlasiga yo‘liqqanidan so‘ng shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.
Bolaning tog‘asi Eshli Kou Deksterni "qadrli jiyanim", deb atab, "biz hammamiz qay ahvolda ekanmizni so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi", deydi.
"Bu mening opam va uning turmush o‘rtog‘i uchun juda katta halokat, bunday vaziyatda ularga nima deyishni ham bilmayman".
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, qonga burkalgan bolani onasi ko‘rib qolganidan so‘ng itni sudrab ketishgan.
Qo‘shnilardan biri aqlidan ozay degan onaning ko‘zlarida yosh bilan bolasi oldida tiz cho‘kib o‘tirganini, tez yordam xodimi esa Deksterni qutqarib qolishga urinayotganini ko‘rgan. Boshqa qo‘shnilar esa dahshatli qichqiriqni eshitib, yordamga yugurishganini ma'lum qilishdi. Ularning barchasi qichqiriq ancha vaqtgacha eshitilib turganini ta'kidlashdi.
Itni nazoratdan chiqargani tufayli politsiya tomonidan qo‘lga olingan 29 yoshli ayol garov evaziga qo‘yib yuborilgan.
Ma'lum bo‘lishicha, jonivor Buyuk Britaniyada taqiqlanmagan Amerika buldogi zotidan bo‘lgan. Bolaning o‘limiga sababchi bo‘lgan qotil it politsiya tomonidan qo‘lga olinib, maxsus qo‘riqxonaga joylashtirilgan.
Manbaga ko‘ra, qutqaruvchilar yetib kelganida bolalar avtomobili va pol qonga burkangan bo‘lgan.
Qo‘shnilar og‘zi-burni qonga belangan oq itni uydan sudrab olib chiqilayotganining guvohi bo‘lishgan.
Shifoxona xodimlari qancha harakat qilishmasin, afsuski bolakayning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmadi.
Mavzuga oid
14:32 / 16.11.2024
AQShda juftlik to‘yi uchun to‘plagan pullarni uysiz itning operatsiyasiga sarfladi
10:53 / 16.11.2024
Hayoti yoki sog‘lig‘i xavf ostida qolgan bolalar ota-onasidan olib qo‘yilishi mumkin
16:47 / 29.10.2024
Hindistonlik biznesmen deyarli butun boyligini itiga meros qoldirdi
08:10 / 26.10.2024