AQŞning Luiziana ştatida joylaşgan Şrivport şahrida 19 aprel, yakşanba kuni ertalab noma’lum erkak uyuştirgan otişma oqibatida sakkiz nafar bola qurbon böldi. Yana ikki kişi jarohat olgan. Bu haqda NBC News telekanali öz saytida Şrivport politsiyasi matbuot kotibi Kristofer Bordelonga tayanib xabar berdi.
Politsiyaning dastlabki ma’lumotlariga köra, uşbu hodisa oilaviy zöravonlik holati bilan boğliq bölişi mumkin. Politsiya vakilining bayonotida aytilişiça, jinoyat sodir etilgan hudud bir mahallada joylaşgan ikki uyni, şuningdek, otişma boşlanganidan söng jabrlanuvçilardan biri yaşirinişga uringan yaqin atrofdagi yana bir uyni qamrab olgan.
Xabar qilinişiça, gumonlanuvçi jinoyatçi avtomaşina öğirlab, qoçişga uringan. Ammo Şrivport patrul politsiyasi uni ta’qib qila boşlagan. Natijada, u politsiya tomonidan otib öldirilgan.
Xabar e’lon qilingan paytga kelib, hujumçining şaxsi va uning ehtimoliy motivlari haqida batafsil ma’lumot berilmagan. Şu bilan birga, politsiya halok bölgan bolalarning ayrimlari mazkur erkakning qarindoşlari bölganini bildirgan.
“Bu fojiali vaziyat, ehtimol, Şrivportda heç qaçon sodir bölmagan eng oğir fojialardan biridir”, — dedi Bordelon.
“Şu bois hozir biz barça ma’lumotlarni sinçiklab örganamiz va bu iş işonçli qöllarda”, — deya qöşimça qildi u.
Öz navbatida, şahar meri Tom Arseno motam e’lon qildi.












