Sport | 01:05 / 21.08.2016
6803
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy koreyalik ayol golfchi 1904 yildan beri Olimpiya chempioni bo‘lgan birinchi golfchi bo‘ldi

Foto: © EPA

Janubiy koreyalik ayol golfchi In Bi Pak 1904 yildan beri Olimpiya chempioni bo‘lgan birinchi ayol golfchi bo‘ldi.

Kumush medal Yangi Zelandiya vakili Lidiya Ko, bronza medal esa xitoylik Fen Shanshanga nasib qildi.

Golf Braziliyadagi Olimpiadada bir asrdan ko‘proq tanaffusdan keyin birinchi marotaba yana taqdim qilindi. Oxirgi marta bu sport turi Olimpiada dasturida AQShning Sent-Luis shahrida o‘tgan 1904 yilgi O‘yinlarda bo‘lgan. O‘shanda golf musobaqalarida faqatgina erkaklar ishtirok etgan. Ayollar o‘rtasidagi musobaqalar esa 1900 yildan keyin o‘tkazilmagan. 

 

Mavzuga oid