Trampni AQŞda tartibsizliklar davom etayotgan vaqtda Virginiyadagi golf-klubda körişgan. U bundan avvalroq dam oliş kunlari golf öynaş uçun Nyu-Jyersi ştatiga rejalaştirgan safarini bekor qilgan. Öşanda Tramp buni namoyişlar davom etayotgan Vaşingtonda tartib haqida qayğurişi bilan tuşuntirgandi.   

24 may kuni ham Tramp AQŞda koronavirus pandemiyasi hali avji nuqtada bölgan pallada golf öynagan va bunda ijtimoiy masofalaşuvning bir qator qoidalarini buzgan. Golf öyinida qatnaşganlarning köpçiligida niqoblar bölmaganidan taşqari, Tramp boşqa odamlar bilan qöl berib söraşgani jamoatçilik tanqidiga sabab bölgan.

May oxiridan beri AQŞning köplab şaharlarida qora tanli Jorj Floyd ölimidan keyin politsiya bilan töqnaşuvlar va tartibsizliklar bilan keçayotgan ommaviy noroziliklar davom etmoqda.