Bugun, 27 fevral kuni, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida turizm sohasida belgilangan çora-tadbirlar ijrosiga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi.
Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi boşqarma boşliği Jörabek Ahmedov «Özbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoni ijrosini ta'minlaş maqsadida qurilayotgan golf maydonlari haqida ma'lumot berdi.

«Prezidentning uşbu farmonida Toşkent viloyati turistik salohiyatini oşiriş böyiça vazifalar belgilangan. Hududni turistik salohiyatini oşiriş maqsadida Janubiy Koreyaning «Seok Tae Global» kompaniyasi tomonidan 1,3 gektar yerda elektron golf klub qurilmoqda. Joriy yilning uçinçi çoragida işga tuşirişni rejalaştirganmiz.
Jizzax viloyatida esa Janubiy Koreyaning «Mirasmanda Golf Resort» kompaniyasiga golf kompleks quriş uçun 200 gektar yer ajratildi. Yirik maydonga ega golf maydonlarini taşkil qiliş böyiça ham işlar amalga oşirilyapti.
Samarqand viloyatida şunday golf maydonlari quriladi. Bu loyihaga yer ajratilgan», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ahmedovning qöşimça qilişiça, «2019 – 2021 yillarda Toşkent viloyatida turizm sohasini jadal rivojlantiriş töğrisida»gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi. Unga köra, 638 milliard söm qiymatga ega 45ta investitsion loyiha işga tuşirilişi közda tutilgan. Şundan 9ta loyiha işga tuşdi. Yil davomida 43ta loyiha töliq işga tuşadi. Bunda 500 mlrd sömga yaqin investitsiya özlaştiriladi. 1500ga yaqin işçi örni yaratiladi. Sanab ötilgan loyihalar tarkibiga golf maydonlari taşkil etiş ham kiritilgan.












