Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FT: Klinton o‘z jamg‘armasiga qaratilgan e'tiborni o‘zgartirish uchun keskin choralarga qo‘l urmoqda
AQSh prezidentligi uchun Demokratik partiyadan nomzod Hillari Klinton saylovoldi shtabi respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampni «Kremlning qo‘g‘irchog‘i» deb ayblash borabarida uning Rossiya va Xitoy bilan «qalin moliyaviy aloqalarga ega»ligini uqdirmoqda. Bularning bari, saylovchilarning e'tiborini Klintonlar jamg‘armasi faoliyatiga qiziqishlardan chalg‘itish maqsadida amalga oshirilayapti, deb yozmoqda Financial Times.
Britaniya nashriga ko‘ra, sobiq davlat kotibi elektron maktublarining navbatdagi qismi e'lon qilingach va iyul oyida Hillarining saylovoldi kampaniyasi uchun sarflagan mablag‘i Tramp ko‘rsatkichidan ikki marta ko‘pligi ma'lum bo‘lgach, Klinton qarorgohi Trampni tanqid qilishni kuchaytirgan. Shu bilan ular, saylovchilarning e'tiborini boshqa narsalarga chalg‘itishmoqda.
Maqola muallifining so‘zlariga ko‘ra, siyosiy raqiblar o‘zlarining zaif tomonini bilib olishgan va endilikda ular noyabr oyidagi saylov kunigacha ayni o‘sha zaif nuqtaga zarba berishda davom etadi.
21-avgust kuni Robbi Muk Tramp «Kreml qo‘g‘irchog‘i» deb atadi. Bunga javoban, milliarder kampaniyasining yangi menejyeri Kellani Konvey Klinton xonimga uning jamg‘armasi bilan bog‘liq mash-mashalarni eslatib qo‘ydi.
Mavzuga oid
14:12 / 18.01.2026
Tramp e’lon qilgan ilk linkor $22 mlrd turishi mumkin
21:46 / 31.12.2025
Ijtimoiy soha muassasalarini qurish va ta’mirlash jamg‘armasi tashkil etiladi
08:36 / 27.12.2025
Hukumat zaxira jamg‘armasi va maqsadli jamg‘armalar transfertlari qayta belgilanadi
09:07 / 11.12.2025