Narx nega bunçalik baland? Çunki hali köp narsa aniq emas. Kema qançalik katta böladi, neçta dengizçi xizmat qiladi, qanday qurollar örnatiladi — bularning barçasi yakuniy summaga kuçli ta’sir qiladi. Qançalik yirik va qurollangan bölsa, şunçalik qimmatlaşadi.

Taqqoslaş uçun, hozir AQŞ flotidagi eng qimmat kema — Gerald R. Ford aviataşuvçisi bölib, u qariyb 13 milliard dollarga tuşgan. Yangi linkor esa bundan ham ança qimmat bölişi mumkin.

Şunga qaramay, Donald Tramp 2025 yil oxirida yangi kemalar qurilişini e’lon qilib, ularni “eng katta, eng tez va hozirgaça qurilgan har qanday linkordan yuz barobar kuçli” deb ta’riflagan. Rejaga köra, dastlabki kemalar 2–3 yil içida flotga qöşilişi mumkin.

Texnologiyalar tez özgarayotgan bugungi kunda eng sönggi yangiliklardan xabardor böliş muhim. Raqamli dunyoda adaşib qolmaslik va şunday yangiliklarni birinçilardan biliş uçun KUN.UZ Texnologiya Telegram sahifasini kuzatib boring.