O‘zbekiston | 18:17 / 22.08.2016
20037
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston bilan chegarada O‘zbekiston-AQSh qo‘shma loyihasi asosida yangi qo‘riqlash posti ochildi

2016 yil avgust oyida AQShning O‘zbekistondagi elchisi o‘rinbosari Lessli Vigeri O‘zbekistonning Tojikiston bilan chegarasida joylashgan yangi qo‘riqlash postining ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

O‘zbekiston chegarachilari qo‘mondoni, general-mayor Rustam Eminjanov mezbonlik qilgan tadbirda yangi binolar va ularda mavjud imkoniyatlar namoyish etildi. AQSh Markaziy qo‘mondonligi ushbu loyiha uchun mablag‘ ajratdi, O‘zbekistondagi korxonalardan biri uning qurilishini yakunlashga mas'ul bo‘ldi.

Mazkur muvaffaqiyatli O‘zbekiston-AQSh qo‘shma loyihasi odamlarning chegaradan noqonuniy o‘tishi va milliy chegaralar osha kontrabandaga qarshi kurashdagi xalqaro maqsadga javob berishda har ikki mamlakatning manfaatlariga xizmat qiladi. AQSh ushbu ikki tomonlama tashabbusni qo‘llab-quvvatlashdan mamnun bo‘ldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid