Amerikalik o‘quvchi maktabidan 6 mln dollar tovon puli olishga muvaffaq bo‘ldi
O‘z o‘qituvchisi bilan ishqiy munosabatlarga kirgan AQShning Kaliforniya shtatidagi maktab o‘quvchisi maktabidan yetkazilgan ma'naviy zarar uchun sud orqali 6 mln dollar tovon puli undirib oldi. Bu haqda Los Angeles Times nashri xabar bermoqda.
16 yoshli o‘quvchi o‘zining 29 yoshli o‘qituvchisi Laura Uaytxerst bilan 2013 yilda uchrashishni boshlagan. Ular o‘rtasidagi munosabatlar qiz homilador bo‘lib qolgandan keyin ayon bo‘lgan. O‘qituvchi homilani dunyoga keltirgach, 2 oydan keyin hibsga olingan. Uaytxerst 29 yillik qamoq jazosiga mahkum qilinishi mumkin edi, biroq sud bir yillik qamoq jazosi bilan kifoyalanib qolgan.
O‘quvchining aytishicha, maktab xodimlari uning o‘qituvchisi bilan ishqiy munosabatlaridan xabardor bo‘lishgan, biroq buning oldini olish uchun hech qanday chora ko‘rishmagan. Shu sababli o‘smir ularni jinoyat ishtirokchilari deb atagan. O‘quvchi bu aloqalar unga tuzatib bo‘lmas zarar yetkazganini aytgan. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, o‘qituvchi hibsga olingandan keyin yana ikki o‘quvchi u bilan ishqiy munosabatlarda bo‘lganini tan olgan.
Mavzuga oid
21:19 / 16.11.2024
Tramp Oq uy tarixidagi eng yosh matbuot kotibini tayinladi
15:52 / 16.11.2024
Amerikalik olimlar bioorganizmlarning “uchinchi holati”ni aniqladi
15:12 / 16.11.2024
Uyqu to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi - tadqiqot
14:32 / 16.11.2024