Jahon | 15:48 / 23.08.2016
5339
1 daqiqa o‘qiladi

Kosovo radio va televideniye binosida portlash ovozi eshitildi

Foto: AP

23 avgust tunida Kosovo radio va televideniye (KRT) binosida portlash qurilmasi, aniqroq aytiladigan bo‘lsa, granata ishga tushirilgan. Jabrlanganlar yo‘q. Bu haqda KRT xabar bermoqda.

"Tunggi 22:00da (Toshkent vaqti bilan 01.00) KRT hovlisida kuchli portlash ovozi eshitildi. Politsiya Radio i televideniye binosini qurshab oldi va portovchi qurilmalarni qidirish ishlarini boshlab yubordi", — deyiladi ma'lumotda.

KRTning ma'lum qilishicha, portlash vaqtida bino ichida jurnalist va boshqa xodimlar bo‘lgan. Portlash oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q. Boshida portlagan qurilmani granata deyishgan edi, ammo KRT uning qanday moslama ekanligini rasmiy tasdiqlanishini kutmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid