Jahon | 18:29 / 23.08.2016
7483
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Turkiya maxsus xizmati IShIDning yangi nishonlari ro‘yxatini aniqladi

IShID terrorchilik harakati jangarilari Turkiyada ko‘p miqdorda terakt sodir etishga hozirlik ko‘rayotgani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda 2015 yilda Anqarada terakti tashkilotchisining uyidan topilgan hujjatlar o‘rganilganda ma'lum bo‘lgan, deb yozmoqda Cumhuriyet gazetasi.

Turkiya maxsus xizmati xodimlari bir qator teraktlar sodir etgan Yunus Durmazning kompyuteridan topilgan hujjatlarni qo‘lga kiritishgan. IShID jangarisi bo‘lmish Durmaz may oyidagi politsiya tekshiruvlari paytida o‘zini o‘zi portlatib yuborgan edi. Ro‘yxatda shanba kuni portlatilgan Gaziantepadagi to‘yxona ham bo‘lgan.
Terrorchilar ro‘yxatida birinchi navbatda Turkiya janubi-sharqidagi alaviylar qishlog‘i, O‘rta yer dengizi qirg‘oqlari, chap partiya va Kurrdlar xalq demokratik partiyasi majlislari bo‘lgan, deb yozmoqda gazeta. Xavf ostida nodavlat tashkilot bo‘lmish Rotary International’ning klublari ham bo‘lgan.

Nashr xabariga ko‘ra, nishonlar orasida Antalyadagi mahalliy va xorijlik sayyohlar yig‘iladigan mashhur joylar ham o‘rin olgan. U yerlarda kamida ming kishi to‘planadi, deb yozmoqda gazeta. Jangarilar avval qo‘riqchilarni gumdon qilib, so‘ngra klub ichiga xudkushni kiritib yuborishni rejalashtirgan.

Gazetaning ma'lum qilishicha, Turkiyada mazkur teraktlarni amalga oshirish uchun kamida 150 kishi tayyorlangan.
 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid