Jahon | 21:56 / 23.08.2016
20652
2 daqiqa o‘qiladi

Oksford universiteti ruhshunosi psixopatlik alomatlariga ega dunyo yetakchilari reytingini tuzdi

Oksford universiteti ruhshunosi Kevin Datton psixopatlik alomatlariga ega dunyo yetakchilari reytingini tuzdi. Tadqiqot natijalari The Independent nashrida chop etildi.

Datton mutaxassislarga savollar ro‘yxatini taqdim qilgan, ular savollarga tarixiy shaxslar va u yoki bu yetakchilar nuqtai nazaridan javob berganlar. 
Natijada reytingning 1-pog‘onasini 189 ochko bilan Iroqning sobiq rahbari Saddam Husayn egallagan.

Reytingning 4-o‘rinini 171 ball bilan Donald Tramp egallagan. Bu orada natsist Germaniya rahbari Adolf Gitler Trampdan 2 marta kamroq ball to‘plagan. Trampning AQSh prezidenti lavozimiga saylovlardagi raqibi Xillari Klinton 152 ball bilan 11-o‘rinni egallagan. Bundan tashqari, 10-o‘rinni fransuz imperatori Napoleon Bonapart egallagan.

Nashrning ta'kidlashicha, tadqiqotda shaxsning psixopatlik sifatlarini baholash uslubi – PPI-R (Psychopathic Personality Inventory)’dan foydalanilgan. Bu uslubga 8 ta mezon, jumladan jasurlik, sovuqqonlik va stresslarga bardoshlik kabi sifatlar kiradi. 

Reyting muallifining ta'kidlashicha, tarixdagi qahramon yetakchilar va yovuz yetakchilar oddiy odamlarga nisbatan psixopatlikka ko‘proq moyil bo‘lganlar, biroq bu yerda kerakli omillarning birikmasi hal qiluvchi hisoblanadi. "Misol uchun, kimdir katta ta'sir, botirlik va sovuqqonlik uchun ko‘proq ball olsa, u odil qarorlar qabul qiladigan muvaffaqiyatli yetakchi bo‘lishi mumkin. Biroq bu jihatlarga boshqa odamlarni aybdor qilish jihati qo‘shilsa, unda bu odam gengotsidga moyil safsatabozga aylanishi mumkin", deb tushuntirdi Datton.

Nashrning ta'kidlashicha, avvalroq ruhshunoslar qaysi kasb egalari ko‘proq psixopatlikka moyilligi ro‘yxatini tuzishgandi. Bunday odamlar orasida kompaniya rahbarlari, huquqshunoslar, jurnalistlar, sotuvchilar va jarrohlar bo‘lgan.


 

Mavzuga oid