Engelberg- istiqbolli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash
Engelberg kompaniyasining siyosatida istiqbolli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga katta e'tibor qaratiladi. Murod Nazarovning “Ona zaminda yashash, sevish va muvaffaqiyatga erishish” mahorat darslariga 25 ta chiptaning qo‘lga kiritilishi yuqorida aytilgan so‘zlarni tasdiqlaydi. Chiptalar biznes sohasida yangi amaliy bilimlarga ega bo‘lishni istagan yoshlarga, startaperlarga topshiriladi. Engelberg kompaniyasi o‘z faoliyati va yosh avlodga investitsiya qilish siyosati haqida batafsil ma'lumot berdi.
- Engelberg kompaniyasi haqida so‘zlab bering, bugungi kunda sizning savdo belgingiz nimalarga ega?
- Engelberg savdo belgisi – premium tasnifidagi deraza oynalari bozori yetakchisi. Shuningdek bugungi kunda kompaniya guruhiga alyuminiy kompozit panellar, radiatorlar va MDFdan eshiklar ishlab chiqaruvchi zavodlar kiradi. Deraza oynalarini ishlab chiqarishda Shveytsariya texnologiyasi yo‘lga qo‘yilgan va shveysariyalik mutaxassislar jalb qilingan, bu esa bizga o‘z mahsulotimizdan faxrlanish imkonini beradi.
Engelberg mahsulotlari bir qator sifat sertifikatlariga ega, ISO 9001 va ekologik sertifikatlar shular jumlasidandir. Shuningdek Engelberg savdo belgisi Imzo Premium guruhining bir qismi hisoblanadi.
Engelberg — premium toifali mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan to‘liq siklli korxona bo‘lib, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Innovatsion deraza oynalari tizimini rivojlantirish markazi;
- Plastik profil ishlab chiqaruvchi zavod;
- Alyuminiy profil ishlab chiqaruvchi zavod;
- Deraza oynalarini yig‘uvchi avtomatlashtirilgan fabrika;
- Alyuminiy kompozit panellar ishlab chiqaruvchi zavod;
- MDF eshiklar ishlab chiqaruvchi zavod;
- Yetkazib berish, o‘rnatish va kafolatli xizmat ko‘rsatish sektori;
- Akkreditatsiyadan o‘tgan labaratoriyalar.
Engelberg kompaniyasining faoliyati mijozlarga yuqori qulaylik yaratish va ularning ehtiyojini maksimal darajada qondirish tamoyillariga qaratilgan.
- Sizning profillaringizdan qanday mahsulot tayyorlanadi?
- Deraza oynalari va eshiklar.Bugungi kunga kelib, Engelberg nafaqat profillarni sotadi, balki oyna bloklarini avtomatik tarzda yig‘uvchi keng qamrovli fabrikaga egalik ham qiladi. Fabrikada ishlab chiqariluvchi oynalarning asosiy ustunliklari – nuqsonlarning yo‘qligi va yuqori samaradorlik.
Mijozlarning qulayligi uchun kompaniyada keng shou-rumlar bo‘lib, bu yerda ular deraza oynalari ishlab chiqarilishini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, mahsulotning rangini tanlashlari va narxini bilib olishlari mumkin bo‘ladi.
- Engelberg profillarining afzalliklari va o‘ziga xos xususiyatlari qanday?
- Engelberg profillari haqida gap ketganda, birinchi navbatda, bu “A” toifali profil ekanini aytib o‘tish lozim. “A” toifali profillardan ishlab chiqilgan deraza oynalari esa boshqalaridan ancha uzoq xizmat qiladi.
- Mamlakatimiz iqlimining keskin-kontinentalligini inobatga olgan holda, mahsulotingizning ekspluatatsiya muddati to‘g‘risida nima deya olasiz?
- Profilning tarkibi shveysariyalik mutaxassislar ishtirokida ishlab chiqilgan. Bunda eng avvalo Markaziy Osiyo iqlimi inobatga olingan. Engelberg profillari yuqori va davomli issiq haroratga chidamli bo‘lib, u o‘zining dastlabki shaklini yo‘qotmaydi.
Profil ekspluatatsiyasi muddati - 60 yilgacha. To‘g‘ri parvarishlash va davriy xizmat ko‘rsatilganda oynalar siz uchun uzoq yillar xizmat qiladi.
- Engelberg mahsulotlarini qanday qilib to‘g‘ri parvarishlash mumkin?
- Engelberg deraza oynalari maxsus parvarishni talab qiladi. Boshqa oynalar kabi ularni parvarish qilishda ham bir necha qoidalar mavjud:
Birinchi navbatda ularni montajdan keyin tozalab chiqish kerak.
Mahsulotlarning to‘g‘ri xizmat ko‘rsatishni qo‘llab-quvvatlash uchun yilda ikki marta deraza oynalariga davriy xizmat ko‘rsatilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mahsulotlarga davriy xizmat ko‘rsatishga quyidagilar kiradi:
- furniturani harakatlantiruvchi elementlarini yog‘lash;
- drenaj darchalarini tozalash;
- rezina muhrlarni tozalash;
- mahkamlovchi elementlarni ko‘rib chiqish.
Furnitura yoki oyna blokiga ziyon yetkazmaslik uchun ularga nisbatan haddan ziyod kuch ishlatish (masalan, oyna ushlagichlariga og‘ir narsalarni osish yoki oynani qo‘pol kuch ishlatib ochish) taqiqlanadi.
Profil sirtidan himoya tasmasi montaj tugagandan keyin ikki hafta ichida olib tashlash kerak. Ushbu qoidalarga rioya qilsangiz, oynalarning ekspluatatsiya muddati yanada uzayadi.
- Engelberg profillaridan tayyorlangan mahsulot ko‘pincha turar joylarda qo‘llanadi. Sizning profillaringiz qanday materialdan ishlangan? Ularning inson sog‘lig‘i uchun zarari yo‘qmi?
- Fikrimizcha, ekologiya haqida qayg‘urish insonga g‘amxo‘rlik qilish bilan chambarchas bog‘liq. Ekologik va energetik muammolarni hal qilishda Engelberg barcha insonlar oldidagi ijtimoiy va iqtisodiy majburiyatlarini bajarmoqda.
Energiya tejovchi oynalarni ishlab chiqarish ko‘p uylarda issiqlik energiyasiga ketadigan xarajatlarni kamaytirish imkonini berdi. Bu demak, biz neft, gaz, ko‘mir va shu kabi ozon qatlamiga ziyon yetkazuvchi yoqilg‘i mahsulotlaridan kamroq foydalanyapmiz.
Lead freye texnologiyasi iste'molchilar sog‘lig‘i va atrof-muhit haqida qayg‘urishga imkon beradi. Shu bois Engelberg profillari inson uchun mutlaqo bezarar!
- Kompaniyangiz Murod Nazarovning “Ona zaminda yashash, sevish va muvaffaqiyatga erishish” mahorat darsiga 25 ta chiptani qo‘lga kiritdi. Bunda sizga nima turtki bo‘ldi?
- O‘z ishimizni bajarar ekanmiz, uning nafaqat bizga, balki Respublikamiz aholisiga ham foyda keltirishini chin dildan istaymiz. Kompaniya siyosati yangiliklarga chanqoq qiziquvchan va maqsadli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Ishonamizki, bu insonlar ham kelajakda muvaffaqiyatga erishib, xuddi shunday yosh avlodni qo‘llab-quvvatlashadi.
- Chiptalar muvaffaqiyatli talabalar va yosh startaperlarga taqdim qilinadi, Murod Nazarovning mahorat darsiga chiptalariga ega bo‘lish uchun qanday shartlarni bajarish kerak?
- Engelberg’dan chipta olish uchun hech qanday shartlarni bajarishning hojati yo‘q. Bu kompaniya siyosatining bir qismi. Chiptalar foydali g‘oyalar beruvchi umidli talabalar va startaperlarga taqdim qilinadi.
- Kompaniyaning kelajakdagi rejalari bilan o‘rtoqlashsangiz?
Engelberg kompaniyasi kelajakka ochiq yuz bilan qaraydi - kompaniya shaffof tuzilmalarning yangi turlarini ishlab chiqarishga tatbiq etish va mavjud assortimentni mukammallashtirishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
19:38 / 04.07.2024
“Yaponiyadagi tutingan dadam soliq to‘lashning ahamiyatini tushuntirgan” - Tokioda Murod Nazarov bilan suhbat
09:43 / 23.04.2024
Xorijga ketgan yoshlarning ota-onalari bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilmoqda
14:54 / 22.02.2024
Nest One haqida tarqatilgan mish-mish rad etildi
16:02 / 08.09.2022