Maktablardagi nizolar, öqituvçilarga bosim va ösmirlar örtasidagi huquqbuzarliklar – alohida hodisa emas, balki tizimli muammo ekani aytilmoqda. Jamoatçilik va mutaxassislar ta’lim sohasini çuqur örganadigan sotsiologik va analitik institutlar yetişmasligidan ogohlantirmoqda.

Inson huquqlari faoli Abdurahmon Taşanov maktab ta’limi va yoşlar hayoti bilan boğliq masalalar böyiça sifatli sotsiologik tadqiqotlarga ehtiyoj kuçayganini ta’kidladi.

Uning aytişiça, öqituvçilar va öquvçilar örtasidagi mojarolar yakka holat emas, balki tizimli muammolar zanjiri bilan boğliq. Taşanov bu holatni “zanjir reaksiyasi”ga qiyoslab, avval öqituvçining özi turli bosim va kamsitişlarga duç kelişi, keyin esa bu ta’sir ta’lim oluvçilarga ötişi mumkinligini aytdi.

«Bu – öqituvçiga emas, tag zamirida ilmga bölgan munosabat yotibdi. Agar bizda jamiyatdagi şunaqa muammolarni örganadigan, tahlil qiladigan sotsiologiya institutlari, nodavlat taşkilotlar, jamoat birlaşmalari bölganda, öziga yaraşa diagnozlar qöysa bölardi.

Afsuski keyingi paytlarda taşxis bilan qiziqayotgan odamlar yöq. Masalan, ta’lim yoki boşqa sohada jamiyatşunoslik, psixologik nuqtai nazardan örganadigan taşkilotlar umuman yöq. Bu ertaga davlatga trillion-trillion bölib tuşadi, hozir kamroq pul sarflab buni örganiş mumkin. Ilgari pedagoglarni qayta tayyorlaş instituti bazasida şunaqa guruhlar bor edi, yoki Respublika ta’lim markazi bazasida guruhlar bor edi. Hozir ular bor yoki yöq – bilmayman.

Ijtimoiy tarmoqqa kirsangiz axborotlarning 30 foizi ta’limdagi muammolar bilan boğliq. Maktablardagi huquqbuzarliklar profilaktikasi bilan boğliq jarayonlar nihoyatda oğir. Voyaga yetmaganlar böyiça manzil koloniyalarda ular örtasida jinoyatçiliklarni körib turaman. Nihoyatda dahşatli faktlar bor. Lekin davlatda mutasaddi taşkilotlarda yetarliça e’tibor yöq. Voyaga yetmaganlar böyiça komissiyalar bor, formal taşkilotlar göyoki işlab turibdi. Lekin tahlil beradigan, OAVga çiqib, odamlarga tuşuntirib bera oladigan, biror körsatuvda çuqurroq tahlil beradigan odamlarning özi yöq. Hamma pana-panada gaplaşadi, «ta’lim öldi», «ta’lim reanimatsiyada» deydi. Ta’lim uçun hamma qayğuradi, lekin şuni siyosat darajasiga kötaradigan odam yöq.

Fan, ta’lim, madaniyat böyiça Senatdayam bitta qömita bor, öşani 15 nafarça a’zosi bor. Içida nega parlamentga saylanganini tuşunmaydiganlariyam bor, 3-4 ming dollar oylik olib ötiradigan. Qonunçilik palatasidayam şu ahvol. 275-maktabdagi voqea