Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshalik sportchi Olimpiadada qo‘lga kiritgan medalini bir bolaning davolanishi uchun sotib yubordi
Riodagi Olimpiadaning kumush medali sohibi, polshalik sportchi Petr Malaxovskiy o‘z medalini kam uchraydigan kasalga uchragan bolaning davolanishini to‘lash uchun sotib yubordi.
"Olimpiadada g‘olib bo‘lish har bir sportchining orzusi. Albatta eng qadrlisi oltin medaldir. Biroq men qo‘limdan kelganini qildim. Afsuski, bu gal men oltinga bir qadam yeta olmadim. Biroq taqdir menga kumush medalimning qadrini oshirishga imkon berdi.

Olimpiadadan keyin bir ayol farzandiga yordam berish iltimosi bilan menga xat yozdi. Olek o‘z hayotining yarmidan ko‘prog‘i davomida kam uchraydigan kasallik – ko‘z saratoni bilan kurashib keladi.
Men kumush medalimni auksionda sotdim. Olingan barcha pulni bolaning davolanishi uchun yubordim", deb yozdi Malaxovskiy feysbukda.
Polshalik sportchi o‘z medalini disk uloqtirishda qo‘lga kiritgandi. U diskni 67,55 metrga uloqtirgan. Oltin medal esa germaniyalik sportchi Kristof Xartingga nasib qilgandi.



Mavzuga oid
08:30 / 22.05.2026
AQSh Polshaga yana 5 ming harbiy jo‘natadi - Tramp
09:03 / 11.05.2026
Orban himoya qilgan sobiq vazir AQShga qochib ketdi
10:10 / 21.04.2026
Fransiya va Polsha harbiy aloqa uchun sun’iy yo‘ldosh yaratadi
15:14 / 01.05.2025