Iqtisodiyot | 12:37 / 25.08.2016
8125
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyga Amerika suyultirilgan tabiiy gazining birinchi partiyasi yetib keldi

AQShning kontinental qismidan Xitoyga suyultirilgan tabiiy gazning (STG) ilk partiyasi shu haftada yetib keldi, Panama kanalida rekonstruksiya ishlarining amalga oshirilishi Amerika yoqilg‘i yetkazib beruvchilariga Osiyo bozorlariga kirib borishni yengillashtirdi. Bu haqida Wall Street Journal ma'lum qildi

Yuk dushanba kuni Meksika bo‘g‘izidagi Sabine Pass eksport terminalidan Xitoyning janubidagi Yantyan portiga olib kelindi, u yerda yukni uzoqli muddatli shartnoma asosida China National Offshore Oil Corp. xarid qildi. 

AQSh STGsi avvallari Osiyo bozorlarida raqobatga kirisha olmagan, zero u odatda katta tankerlarda tashiladi, Panama kanali rekonstruksiyasiga qadar esa buning imkoni bo‘lmagan. 

"Kanalni kengaytirish ishlari STG savdosi uchun juda muhim ahamiyatga ega, u gaz yetkazib berish muddatini qisqartiradi va bahosini pasaytiradi", - deyiladi AQSh Energetika vazirligining Energetik Axborot Ma'muriyatida. 

Yangi yo‘l AQShdan Shimoliy Osiyoga STG yetkazib berish muddatini taxminan 20 kungacha qisqartiradi, transport xarajatlarini esa - 30 sentga kamaytiradi. 

Mavzuga oid