Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin rossiyalik paralimpiyachilarga maxsus musobaqalar uyushtirishga va'da berdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Riodagi Olimpiadada ishtirok etgan sportchilar bilan uchrashdi. Putin uchrashuv vaqtida paralimpiyachilarning Paralimpiya o‘yinlariga qo‘yilmagani masalasiga alohida to‘xtalib o‘tdi va ularga maxsus musobaqalar uyushtirishga va'da berdi.
Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi Rossiya paralimpiya terma jamoasini 7 sentabrdan Rioda boshlanadigan o‘yinlarga qo‘ymaslikka qaror qildi.
Putin Rioda rossiyalik sportchilar "juda og‘ir sinovlardan" o‘tishga to‘g‘ri kelganlarini ta'kidlab o‘tdi.
"Musobaqalar oldidan terma jamoa uchdan bir qismiga qisqartirib tashlandi, uni Rossiya an'anaviy tarzda yetakchi bo‘lgan sport turlarida o‘zini ko‘rsatish imkoniyatidan mahrum qilishdi. Biroq bizning terma jamoa, siz, aziz do‘stlar, barcha qiyinchiliklarni yenga oldingiz, o‘zingizni yagona terma jamoa qilib ko‘rsatdingiz, g‘alabalar nafaqat son, balki uquv bilan ham olinishini isbotladingiz. Siz haqiqiy jangchilar kabi sinmadingiz, kurashdingiz va g‘alaba qildingiz", deb aytdi Putin sportchilarga yuzlanib.
Putin shuningdek murabbiylar, shifokorlar va boshqa mutaxassislar, sport vazirligi va milliy olimpiya qo‘mitasi mansabdor shaxslarini ham umumiy muvaffaqiyatdagi hissalarini ta'kidlab o‘tdi.
Putin, shuningdek, rossiyalik paralimpiyachilarning o‘yinlardan chetlatilganlariga alohida to‘xtaldi.
"Paralimpiyachilarning chetlatilishi ham huquqiy, ham ma'naviy tomondan noto‘g‘ridir. Sport hayotining mazmuniga aylanganlardan, o‘zining o‘rnagi bilan sog‘lig‘i bo‘yicha imkoniyati cheklangan millionlab odamlarga umid, o‘z kuchiga ishonch beradiganlardan alamni olish, g‘azabni sochish orsizlikdir. Bunday qarorlarni qabul qiladiganlarga achinaman, chunki bu ular tomondan pastkashlik bo‘lganini anglamaydilar", deb aytdi Putin.
"Biz, albatta, sizni qo‘llab-quvvatlaymiz va siz uchun o‘zingizning mahoratingizni ko‘rsatishingiz mumkin bo‘ladigan maxsus musobaqalar tashkil etamiz. G‘olib va sovrindorlar uchun mukofotlar Paralimpiya o‘yinlari uchun va'da qilingandek bo‘ladi", deb qo‘shimcha qildi Putin.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026