Jahon | 10:10 / 25.08.2016
13056
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya TIV xaritada Turkiya va Suriyani Ukraina bayrog‘i ranglarida ifodaladi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy tvitterida Turkiya va Suriya hududi Ukraina bayrog‘i ranglarida bo‘yab ko‘rsatildi.

Xabarda Rossiya tomoni 2 davlat o‘rtasidagi chegaradagi vaziyatdan tashvishda ekani bildirilgan.

"Moskvadagilar Suriya va Turkiya chegarasida yuzaga kelgan vaziyatdan chuqur tashvishda", deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Suriya TIV Turkiyani IShIDga qarshi kurash bahonasida mamlakatga bostirib kirishda aybladi va uning hududidagi terrorchilikka qarshi har qanday operatsiyalar rasmiy Damashq bilan kelishilgan holda o‘tkazilishi lozimligini ta'kidlagandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid