Jahon | 17:53 / 25.08.2016
6802
1 daqiqa o‘qiladi

Ruminiya va Kuvayt vazirlari YTHga uchradi

Ruminiya sharqidagi Yalomitsa tumanida Slobaziyadan Breiluga yo‘l olgan yuqori martabali shaxslarning avtomobili yo‘l transporti hodisasiga uchradi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

YTH natijasida Ruminiya qishloq xo‘jaligi va qishloq hududlari taraqqiyoti vaziri Akim Irimesku miya-bosh chanog‘i sohasidan jiddiy jarohat oldi. Uning kuvaytlik hamkasbi Ali Saloh al Umayr ham jarohatlandi.

Shuningdek, ularning tarjimoni ham jarohat olgan.

Jarohatlanganlarning barchasi Yalomitsa tumanidagi shifoxonaga yotqizilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid