Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrida Cobalt rusumli yo‘nalishsiz taksi avtomobili yonib ketdi
“Feysbuk” ijtimoiy tarmog‘idagi “Voditeli Tashkenta” guruhida mudhish yo‘l-transporti haqida post qoldirildi. Unda 25 avgust kuni Toshkent shahri Parkent bozori yaqinidagi hududda Sobalt rusumli yo‘nalishsiz taksi avtomobili ayanchli tarzda yona boshlaganiga guvoh bo‘lish mumkin. Guruh foydalanuvchilarining so‘zlariga ko‘ra, taksi ichida hech kim bo‘lmagan.

Izoh tarzida qoldirilgan videoda o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘z vaqtida bartaraf etganini ko‘rish mumkin. Sobalt avtomobili esa yong‘in oqibatida jiddiy zarar ko‘rgan.

Voqea tafsilotlari haqida boshqa ma'lumot berilmagan.
Mavzuga oid
09:35 / 06.07.2026
Shayxontohurda ikki qavatli do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi
10:23 / 04.07.2026
O‘rikzor bozoridagi oziq-ovqat do‘konida yong‘in chiqdi
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
15:06 / 02.07.2026