Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UYeFA Rossiya va Ukraina klublarini YeChL qur'asida turli guruhlarga ajratdi
Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlash vaqtida Rossiya va Ukraina klublari boshqa-boshqa guruhlarga ajratiladi. Bu haqda UYeFA matbuot xizmati tomonidan ma'lum qilingan.
TsSKA Rossiya chempioni sifatida YeChL g‘olibi — «Real» (Ispaniya) hamda o‘z mamlakatida chempion bo‘lgan «Lester» (Angliya), «Bavariya» (Germaniya), «Yuventus» (Italiya), «Benfika» (Portugaliya) va «Pari Sen-Jyermen» (Fransiya) bilan 1-savatchadan joy olgan.
Pley-off bosqichida ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra «Ayaks» to‘sig‘idan o‘tgan, Rossiyada o‘tgan mavsumda ikkinchi o‘rinni egallagan Qurbon Berdiyev bosh murabbiyligidagi «Rostov» jamoasi YeChLda Rossiya sharafini himoya qiluvchi ikkinchi klub bo‘ldi va bu jamoa 4-savatchadan joy oldi.
Ukrainaning turnirdagi vakili, Kiyevning «Dinamo» klubi 3-savatchaga joylashgan.
Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi Monako shahrida bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.
Manba: Tribuna.uz
Mavzuga oid
23:45 / 06.10.2025
«Barselona» va «Milan»ga chempionat o‘yinlarini xorijda o‘tkazishga ruxsat berildi
21:26 / 02.10.2025
O‘zbekiston U23 terma jamoasi Osiyo Kubogidagi raqiblarini bilib oldi
12:09 / 01.10.2025
«Liverpul» Turkiyada yutqazdi, grandlardan gollar yomg‘iri. YeChLda kun o‘yinlari
23:32 / 25.09.2025