Inson yuzidagi farqlarga oydinlik kiritildi
Inson yuzining ko‘plab xususiyatlari — masalan, burun hajmi va yuz kengligi — muayyan genetik variantlarni taqozo etadi. Bu haqida PLOS Genetics jurnali xabar berdi.
Yuz xususiyatlari va genetika o‘rtasidagi aloqalarni tasvirlab beruvchi aniq tadqiqotlar yetarli emas — juda kam olimlarga muayyan gen va tashqi ko‘rinish funksiyalari o‘rtasidagi aniq bog‘liqlikni ochib berish nasib etgan. Maqola mualliflari ushbu muammoni hal etish to‘liq genli qidiruv birlashmasini o‘tkazishdi. Bu tadqiqot 3118 nafar sog‘lom yevropalikning 20 xil yuz xususiyatlari va millionta birnukleotidli polimorfizmlar o‘rtasida o‘tkazilgan.
Olimlar bir necha yuz xususiyatlariga javobgar bo‘lgan genlarni aniqlashdi. Shunday qilib, burun uzunligi CHD8 va ZNF219, kengligi — PAX1, yuz kengligi — RAX9, MIPOL1 va MAFB, ko‘zlar oralig‘idagi masofa — HDAC8, GNAI3 va ALX3 genlariga bog‘liq ekani aniqlandi. Yaqin kelajakda tadqiqotchilar og‘iz yorig‘i va lab yorig‘i kabi rivojlanish anomaliyasiga olib keluvchi xavfli genetik omillarni aniqlashni maqsad qilgan.
Mavzuga oid
17:34 / 18.11.2024
Xitoy Oy tuprog‘idan yasalgan g‘ishtlar yordamida u yerda baza qurmoqchi
15:52 / 16.11.2024
Amerikalik olimlar bioorganizmlarning “uchinchi holati”ni aniqladi
15:12 / 16.11.2024
Uyqu to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi - tadqiqot
15:46 / 14.11.2024