Jahon | 18:05 / 26.08.2016
8995
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyadagi zilzila vaqtida opa singlisini qutqarish yo‘lida o‘z jonini qurbon qildi

Italiyaning Peskara-del-Tronto shahrida 8 yashar Juliya Renaldo zilzila vaqtida o‘z tanasini bilan 4 yashar singlisi Jorjiani to‘sib qoldi. Qutqaruvchilar har ikki qizaloqni vayronalar ostidan olib chiqishdi, ammo ulardan kichigi omon qolgan edi.

«Juliya singlisini qutqarish yo‘lida jonini qurbon qildi. Singilning omon qolishiga sabab, opasi tanasi bilan uni to‘sib qolgan. Shu bois unga zarra miqdorida ham zarar yetmagan», — deb Daily Mail nashriga hikoya qilib bergan qizlarning buvisi Anjyela Kafini.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid