O‘zbekiston | 15:34 / 26.08.2016
12331
2 daqiqa o‘qiladi

«Jizzax» maxsus industrial zonasida 3ta yangi korxona ochildi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi bayrami arafasida «Jizzax» MIZ maxsus industrial zonasida Milliy telekommunikatsiyalar operatori «O‘zbektelekom» AK va Xitoy Xalq Respublikasi investorlari ishtirokida, bir vaqtda uchta ishlab chiqarish qo‘shma korxonasining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Bu haqda «O‘zbektelekom» AK matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 18 sentabrdagi F-4131 son Farmoyishiga muvofiq, «Jizzax» MIZ hududida uchta qo‘shma korxona: Broadband Solutions QK, ZTT Telecom QK va Smart Vision QK tashkil etilgandi.

Broadband Solutions qo‘shma korxonasi eng zamonaviy telekommunikatsiya uskunalari  yordamida xPON optik tarmog‘i qurilishi uchun aktiv elementlar ishlab chiqaradi.

ZTT Telecom MChJ QK ishlab chiqarish liniyalarida turli konnektorli (pigteyllar, patchkordlar) ulanish optik tarmoqlarini qurish uchun optik-tolali kabel montaj materiallari ishlab chiqariladi.

Smart Vision QK ishlab chiqarish liniyalarida xPON tarmog‘i foydalanuvchilari uchun IP telefonlari va videotelefonlar ishlab chiqariladi.

Barcha uchta qo‘shma korxona «Jizzax» MIZda ro‘yxatga olingan bo‘lib, amaldagi qonunda belgilangan imtiyozlarga ega hamda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar ro‘yxati uchun muvofiqlik sertifikati olishga muyassar bo‘lgan.

Mavzuga oid