O‘zbekiston | 21:18 / 27.08.2016
30046
3 daqiqa o‘qiladi

Gullar shahri Namanganda 56- an'anaviy "Gul bayrami" yuqori kayfiyatda o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston  Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi hamda 2016 yil "Sog‘lom ona va bola yili" ga bag‘ishlab, joriy yilning 27-28-avgust kunlari vodiy gavhari bo‘lgan go‘zal Namangan shahrida 56- an'anaviy "Gul bayrami" bo‘lib o‘tmoqda. 1961-yildan buyon an'anaviy tarzda gul bayrami o‘tkazilib kelinadi. Istiqlol yillarida ushbu bayramning mazmun-mohiyati yanada kengaydi. Bunga muhtaram yurtboshimizning Namanganni obodonlashtirish, infratuzilmasini takomillashtirish xususidagi qarorlari asosiy omil bo‘ldi. Bu yilgi 56-an'anaviy gul bayrami ham “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” degan yezgu g‘oya asosida, ko‘tarinki tarzda o‘tkazilmoqda. Bayram munosabati bilan  "Zahiriddin Muhammad Bobur" nomli madaniyat va istirohat bog‘ida erta tongdan karnay-surnay sadolari ostida  tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shundang so‘ng, "Gul bilan yashasin olam"gullar ko‘rgazmasi, "Doimo hizmatingizdamiz" savdo yarmarkasi, "Mehnat-mehnatning tagi rohat" mavzuyida hunarmandlar ko‘rgazmasi, "Kimning guli chiroyli" gulchi va tomoshabin munozarasi kabi va boshqa turli hil ko‘rik tanlovlar tashkil qilindi. Havaskor va usta gulchilar, ta'lim va tibbiyot muassasalari, korxona hamda tashkilotlar jamoalari tomonidan bayramona bezatildi.

Eng e'tiborli jihati shundaki, Namangan viloyatining barcha tumanlaridan tashrif buyurgan 25 nafar mohir oshpazlar tomonidan "Osh chempionati" o‘tkazildi. Tayyor bo‘lgan taomni qariyalarga, meribonlik uyida tarbiyalanuvchilariga, kam taminlangan oila farzandlariga ulashildi.  Tanlovda g‘olib bo‘lgan oshpazlar tashkilotchilar tomonidan  diplom va qimmat  baho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi. Qoleversa, viloyat hokimligi, "Mahalla" hayriya jamg‘armasi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda 25 nafar bolaning hatna to‘ylari  ham o‘tkazildi. Bayram dasturi davomida "Vatan yagonadir, vatan bittadir!" mavzuyida do‘stlik va madaniyat festivali ham bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari "Aqlimizni charhlaymiz" shahmat musobaqasi, xalq sayillari ham tashkil qilindi.

Ushbu bayram sayllariga nafaqat Namanganliklar, balki yurtimizning barcha viloyatlaridan mehmonlar tashrif buyurishgan. Barchaning kayfiyati a'lo darajada, bayram shukuhi davom yetmoqda. 

Humoyunmirzo ABDULLAYeV, Namangan.

Mavzuga oid